Samsung o’zining yaqin kelajakdagi “Connected car” (o’zaro bog’langan mashina) video roligini taqdim etdi. Unda Samsung, mashina salonida insonlarni qanday smart tizimlar kutayotgani tasvirlangan.
Ushbu rolikda mashina sizni sog’ligingizni nazorat qilib, rejalashtirgan ishlaringizni eslatib turadi. Shu jumladan, tez-yordam mashinasi yaqinlashganini sezsa, mashinangizni chetroqqa olishingizni so’raydi. Xususan, ushbu mashina ichida avto-boshqaruv ketayotgan bir vaqtda, video-konferensiylarni o’tkazib yubormaslikga ham yordam beradi.