Salyangozdan ilohomlangan robot yaratildi

Cover Image for Salyangozdan ilohomlangan robot yaratildi

Xitoyning Gonkong universiteti robototexniklar jamoasi tomonidan salyangozdan ilhomlanib yaratilgan robot namoyish etildi.

Mazkur robot uch o’lchamli bo’lib, masofadan boshqariladi. Shuningdek, robot metalli qobiq va harakatlanish imkonini beruvchi izga ega.

Xususan, sinov mashg’ulotlari jarayonida ushbu robot zinapoya, silliq hamda notekis yuzalardan balandlikka ko’tarilishga muvaffaq bo’ldi.

Ma’lumot o’rnida, tadqiqotchilar ushbu robotdan qidiruv-qutqaruv hamda kosmik missiyada sayyora zondlari sifatida foydalanishni maqsad qilgan.

Saidova Bahora tayyorladi