RTSIR ITI vakillari Xitoyning Karamay shahrida bo’lib o’tgan “ShHT daraxti” raqamli texnologiyalar bo‘yicha o‘quv tadbirida ishtirok etdi

Cover Image for RTSIR ITI vakillari Xitoyning Karamay shahrida bo’lib o’tgan “ShHT daraxti” raqamli texnologiyalar bo‘yicha o‘quv tadbirida ishtirok etdi

Joriy yilning 21-25-oktabr kunlari Xitoyning Karamay shahrida “Xitoy-ShHT hamkorlik markazi” tomonidan tashkil etilgan “ShHT daraxti” raqamli texnologiyalar bo‘yicha o‘quv tadbiri bo’lib o’tdi.

Mazkur tadbirda Institut vakillaridan direktorning umumiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari A.Nuriddinov, bosh buxgalter G‘.Botirov, tabiiy tilni qayta ishlash laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi B.Boboraximov, texnik tizimlarni boshqarish va raqamli loyihalash laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi Sh.Xojiakbarovlar faol ishtirok etdi.

Ikkinchi marotaba tashkil etilgan ushbu tadbirda MDH davlatlaridan 40 ga yaqin ma’ruzachilar qatnashdi. O’quv seminarlari davomida kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt va bulutli texnologiyalar hamda neft-gaz sohasiga oid chuqurlashtirilgan bilim va ko’nikmalar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.