Robot tadqiqotchilarga dunyodagi eng chuqur g‘orni o‘rganishga yordam berdi

Cover Image for Robot tadqiqotchilarga dunyodagi eng chuqur g‘orni o‘rganishga yordam berdi

Portugaliyalik tadqiqotchilar jamoasi, Chexiya Speleologiya jamiyati, UNEXMIN GeoRobotics va Miskolc universiteti bilan hamkorlikda “UX-1Neo” nomli robotni yaratdi. Ushbu robot 450 metr bo’lgan eng chuqur suv osti g’origa tushdi.

“UX-1Neo” gibrid ROV/AUV robot bo‘lib, masofadan boshqarish mumkin. Uning navigatsiyasi va sensorlari atrof-muhitni aniq idrok etishga imkon beradi. Ushbu texnologiya o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan boshqa suv osti robotlaridan ajralib turadi.

Mazkur robot tuzulishiga ko’ra barcha qulayliklarga ega bo’lgani uchun suv osti tranpot vazifasini o’taydi. Unda o’rnatilgan sonar, kamera hamda yorug’lik tizimlari va suzuvchi qismlar jamlanmasi mavjud.

Ma’lumot o’rnida aytish joizki, “UX-1Neo” roboti suv osti g’orlarini o’rganish bilan birga ularning xaritasini ishlab chiqish xususiyatiga ega.