Barchamizga ma’lumki, navigatsiya tizimiga oid mobil ilovalar kun sayin takomillashib bormoqda. Ammo, mazkur ilovalar faqatgina belgilangan ya’ni xaritaga tushirilgan yerlardagina harakatlanadi xolos.
Xususan, Klermont Auvergne, CNGS va Toronto universiteti tadqiqotchilari tomonidan yo’l xaritasiga kiritilmagan joylarda ham erkin harakatlana oladigan robot navigator yaratildi.
Ma’lumotlarga ko’ra, mazkur robot uch o’lchovli (3D) bo’lib, shahar ko’chalari bo’ylab eltuv xizmati vazifasini boshqaruvchisiz amalga oshiradi. Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, kelajakda robot navigator ko’plab kompaniyalar uchun xavfsiz yetkazib berish xizmatini bajarishi mumkin.