“Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirishning zamonaviy holati va istiqbollari” mavzusidagi konferensiya o’z yakuniga yetdi

Cover Image for “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirishning zamonaviy holati va istiqbollari” mavzusidagi konferensiya o’z yakuniga yetdi

Buxoro shahrida bo’lib o’tgan “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirishning zamonaviy holati va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnikaviy konferensiya o’z ishini yakunladi.

Konferensiya doirasida 80 dan ortiq xorijiy va mahalliy olimlar, mutaxassis hamda xorijiy mehmonlar ishtirok etib, turli mavzularda ma’ruza qildi.

Xususan konferensiyada:

➡️”Ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish”;

➡️ “Matnlar, tasvirlar va nutq signallarini qayta ishlash”;

➡️ “Mashinali o’qitish va bilimlarni tasvirlash”;

➡️ “Raqamli texnologiyalar”;

➡️ “Matematik modelllashtirish va hisoblash matematikasi”;

➡️ “Texnik tizimlarda algoritmlash va nazorat”

➡️ “Ta’limda raqamli transformatsiya” mavzularida seksiyalar bo’lib o’tdi.

2 kun davom etgan ushbu konferensiya sohadagi eng yetuk mutaxasislarni bir joyda jamlash bilan birga, yangi yo’nalish va g’oyalarni kashf etish hamda hamkorlik aloqalarni mustahkamlashda ham o’zining munosib hissasini qo’shdi. Konferensiya yuksak saviya va yuqori kayfiyatda o’z yakuniga yetdi.