Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutiga oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakllari uchun hujjat qabul qilish boshlanadi

Cover Image for Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutiga oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakllari uchun hujjat qabul qilish boshlanadi

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida 2024-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakllari uchun 2023-yil 15-sentabrdan hujjat qabul qilish boshlanadi. Hujjatlarni topshirish “phd.mininnovation.uz” platformasi orqali 2023-yil 15-oktabr kun yakuniga qadar amalga oshiriladi.

Ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimida davlat budjeti mablag‘lari hisobiga o‘qitish bo‘yicha 2024-yil uchun qabul kvotalari ixtisosliklar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

 IxtisoslikDoktoranturaTayanch doktoranturaStajor-tadqiqotchi
 05.01.02  –  Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash144
 05.01.03 – Informatikaning nazariy asoslari 11
 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui234
 05.01.11 – Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt264
Jami51413

Talabgorlardan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

Stajor-tadqiqotchilik bosqichi talabgorlari:

1. Ariza;

2. Qisqacha biografik ma’lumotnoma;

3. Pasport nusxasi;

4. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

5. Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bо‘yicha) tо‘g‘risidagi diplom nusxasi;

6. Nashr etilgan ilmiy ishlar rо‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;

7. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat (agar mavjud bo‘lsa);

8. lmiy rahbarni yoki ilmiy maslahatchisini rozilik xati(ilmiy rahbari mavjud bo‘lsa);

Tayanch doktotnatura  bosqichi talabgorlari:

1. Ariza;

2. Qisqacha biografik ma’lumotnoma;

3. Pasport nusxasi;

4. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

5. Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bо‘yicha) tо‘g‘risidagi diplom nusxasi;

6. Nashr etilgan ilmiy ishlar rо‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;

7. Xorijiy tilni bilish darajasini tadiqlovchi sertifikat(B2 yoki undan yuqori daraja);

8. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi; (agar mavjud bo‘lsa);

9. lmiy rahbarni yoki ilmiy maslahatchisini rozilik xati(ilmiy rahbari mavjud bo‘lsa);

Doktorantura bosqichi talabgorlari:

1. Ariza;

2.Qisqacha biografik ma’lumotnoma;

3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

4. Pasport nusxasi;

5. Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bо‘lganligi tо‘g‘risidagi diplom nusxasi;

6. Tadqiqot mavzusi bо‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;

7. Nashr etilgan ilmiy ishlar rо‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;

8. Xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat(B2 yoki undan yuqori daraja);

9. lmiy rahbarni yoki ilmiy maslahatchisini rozilik xati(ilmiy rahbari mavjud bo‘lsa).