A.Kadirov 1987-yil 21-aprel kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2006-2016-yillarda Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi UNICON.UZ davlat unitar korxonasida, 2017-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasida samarali faoliyat yuritgan.
Shu jumladan, ilmiy faoliyati davomida respublika va xalqaro miqyosda telekommunikasiyalar, raqamli televideniye va radioeshittirish, elektromagnit moslashuv va radiochastota spektridan foydalanishni boshqarish sohasidagi loyihalarga rahbarlik qilgan.
2003-2009-yillarda Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti, 2016-2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan.
A.Kadirovning ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan 10 dan ortiq ilmiy maqolalari mamlakatimizning nufuzli jurnallarida chop etilgan, telekommunikasiyalar sohasida 18 ta ilmiy-tadqiqot loyihalari, 2 konsepsiya va 10 dan ortiq normativ hujjatlarni ishlab chiqish, xalqaro standartlar va zamonaviy ilmiy yutuqlarni tizimga tadbiq etish ishlariga rahbarlik qilgan.