Prinston va Shimoliy Karolina shtati universiteti muhandislari tomonidan qurtsimon yumshoq robot yaratildi.
Mazkur yumshoq robotning tanasi cho’zilish, orqaga va oldinga harakatlanish imkoniyatiga ega.
“Ushbu robotning tanasi segmentlardan iborat bo’lib, har bir segment alohida yoki buyruq orqali yig’ilib harakatlana oladi” deb, ta’kidladi tadqiqotchi Tuo Chjaoning.
Muhandislar qurtsimon robotning segmentlariga cho’ziluvchan kumush nanoSIM yupqa materialni o’rnatdi. Ushbu yondashuv robotning qisqarish hamda kengayishiga yordam beradi.
Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, tadqiqotchilar robot harakatini tezlashtirish ustida ish olib bormoqda.