Qo’shimcha yordamchi barmoq yaratildi

Cover Image for Qo’shimcha yordamchi barmoq yaratildi

Kembrij universiteti tadqiqotchilari tomonidan qo’shimcha yordamchi barmoq ishlab chiqildi.

Ushbu texnologiya baxtsiz hodisa oqibatida qo’l barmog’idan ayrilgan bemorlarga murakkab vazifalarni bajarishga yordam beradi.

Tadqiqot guruhi mazkur yordamchi barmoqni 3 yoshdan 96 yoshgacha bo’lgan insonlar o’rtasida sinovdan o’tkazdi. Natijada, 98% foydalanuvchilar ushbu texnologiya yordamida obyektlarni boshqarishga muvaffaq bo’ldi.

Tadqiqotchi Tamar Makinning fikricha, ushbu tadqiqot kelgusida texnologiya sohasidagi yangi imkoniyatlarni ochib berishga xizmat qiladi.

Rustamjonova Marjona tayyorladi.