“Hindawi.com” saytida chop etilgan maqolaga ko’ra, bugungi kunda qishloq xo’jaligi sohasida o’simliklarning kasalliklarini aniqlash borasida SI tizimi yetakchi vosita sifatida qo’llanilmoqda.
Xususan, tadqiqotchi botaniklar tomonidan to’rtta asosiy bosqichiga ko’ra izohlangan olmaning qora chirishi tasvirlari yordamida chuqur konvolyutsion neyron tarmog’ini o’rganishdi. Natijalarga ko’ra, SI modeli kasallikning og’irligini 90,4% aniqlik bilan tashxislash imkonini berdi.
Shu jumladan, boshqa bir tadqiqotda pomidor o’simliklaridagi ko’plab kasalliklar va zararkunandalarni aniqlash uchun takomillashtirilgan SI tizimiga asoslangan YOLO v3 algoritmidan foydalangan holda bir qancha muammolarga yechim topishdi.
Ma’lumotlarga ko’ra, raqamli kamera va smartfon bilan qurollangan tadqiqotchilar mahalliy pomidor mahsulotlarini issiqxonalarida suratga olishdi va kasallik va zararkunandalarning 12 xil holatini aniqladilar.