Psixologlar GPT-3 va kollej talabasi imkoniyatlarini tahlil qilish uchun tajriba o’tkazdi

Cover Image for Psixologlar GPT-3 va kollej talabasi imkoniyatlarini tahlil qilish uchun tajriba o’tkazdi

Kaliforniya universiteti psixologlari GPT-3 sun’iy intellekt til modeli hamda 40 nafar kollej talabasining bilim salohiyatini test orqali sinovdan o’tkazdi.

Tajriba-sinov davomida SI tizimi va talabalarga fikrlash, nutqni bayon qilish va muammoga yechim topish singari topshiriqlar berildi. Mazkur topshiriqlar internet manbalarida nashr etilmagan ammo ayrim o’quv adabiyotlarida keltirilgan layoqat savollaridan iborat edi. Yakuniy natijalarga ko’ra, GPT-3 topshiriqlarning 80%ni to’g’ri bajardi. Shu jumladan, talabalarning umumiy natijasi esa 60%ni tashkil qildi.