Buyuk Britaniyaning uchta shifoxonasida prostata saratonini aniqlash uchun mo’ljallangan SI texnologiyasining sinov jarayoni boshlandi.
Mazkur sun’iy intellekt texnologiyasi “Prostata Suite” deya nomlanib, “ARTICULATE PRO” tadqiqoti doirasida amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlash joizki, sun’iy intellekt tizimi shifokorlarga prostata biopsiyalari va to’qima namunalarida o’simtani aniqlash, tasniflash va o’lchashda yordam berish uchun mo’ljallangan.
Ma’lumot o’rnida, sinov mashg’ulotlarida North Bristol Trust Southmead Hospital, University Hospitals Coventry and Warwickshire va Oxford University NHS Foundation Trust shifoxonalari faol ishtirok etmoqda.