2023-yilgi butunjahon robotlar konferensiyasi Xitoyning Pekin shahrida bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda tadqiqotchilar keng ko‘lamli texnologiyalarni, jumladan, sintetik teri va jonli yuz ifodalariga ega robotlarni taqdim etishdi.
Mutaxassislarning so’zlariga ko’ra, 35-40 yil oldingi kinolardagi afsonalar haqiqatga aylana boshladi. Shuningdek, 2040-yillarga kelib, insondan farq qilmaydigan robotlar hayotimizga kirib kelishi mumkin. Shuningdek, ko’rgazma doirasida robotlar mehmonlarga choy yetkazib berish hamda muzqaymoq tayyorlash kabi xizmatlarni ko’rsatgan.