O‘zbekistonda Technovation Girls 2024 xalqaro texnologik tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Cover Image for O‘zbekistonda Technovation Girls 2024 xalqaro texnologik tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Ushbu tanlovda butun dunyodan 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar qatnasha oladi. Tanlovda quyidagilarni o‘rganishingiz mumkin:

➡️ Mobil ilovalarni ishlab chiqish;

➡️ Biznes-reja yozish va ijtimoiy startaplarni ishga tushirish;

➡️ Sun’iy intellekt bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish;

➡️ Video tasvirga olish;

➡️ Loyiha taqdimotini tayyorlash va omma oldida chiqish qilish;

➡️ BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari haqida bilib olish;

➡️ O‘zbekistonda va boshqa mamlakatlarda IT-kompaniyalarda muvaffaqiyatli ishlayotgan qizlar bilan tanishish.

Tanlovda qatnashish uchun Technovation Girls saytida ro‘yxatdan o‘ting va sayt taqdim etayotgan ma’lumotlar asosida belgilangan topshiriqlarni bajarishni boshlang: https://my.technovationchallenge.org/