Oyoq-qo’llari zaif bemorlarga yordam beradigan robot yaratildi

Cover Image for Oyoq-qo’llari zaif bemorlarga yordam beradigan robot yaratildi

Huazhong fan va texnologiya universiteti tadqiqotchilari tomonidan oyoq-qo’llari zaif keksalar va nevrologik kasallikka chalingan bemorlarga yordam beradigan robot ishlab chiqildi.

Tadqiqotchi Jian Xuangning so’zlariga ko’ra, mazkur robot bemorlarga nafaqat jismoniy xatti-harakatlarni bajarishga ko’maklashadi, balki turli xil muhitga moslashish imkoniyatini taqdim etadi.

Shuningdek, tadqiqot guruhi ushbu texnologiyaning sezgirligi hamda moslashuvchanligini yanada yaxshilash maqsadida unga rivojlangan sensorli algoritmlarni o’rnatishni maqsad qilgan.

Ma’lumot o’rnida, dunyo bo’ylab taxminan 400 million keksa insonlarga mushak zaifligi tashxisi qo’yilgan. Kuzatuvchi robot esa, mazkur kasallik bilan aziyat chekayotgan bemorlarning harakatini osonlashtirishga yordam beradi.

Rustamjonova Marjona tayyorladi.