Ovozni klonlash imkoniyatiga ega sun’iy intellekt tizimi yaratildi

Cover Image for Ovozni klonlash imkoniyatiga ega sun’iy intellekt tizimi yaratildi

MIT, Tsinghua universiteti va Kanadaning “MyShell” startapi tadqiqotchilari tomonidan “OpenVoice” deb, nomlangan ovozni klonlash imkoniyatiga ega sun’iy intellekt tizimi ishlab chiqildi.

Yuqori tezlik va aniqlik bilan ovozni klonlash imkoniyatiga ega ushbu sun’iy intellekt tizimi bir necha soniyali audiolardan foydalanib ovozdagi ohang, his-tuyg’u, urg’u va ritm o’zgarishini nazorat qila oladi.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, ” OpenVoice” matnni nutqqa aylantirish va ovoz ohangini klonlash uchun birgalikda ishlaydigan ikkita SI modelini o’z ichiga oladi.