Tartu texnologiya instituti tadqiqotchilari o’rgimchak oyog’idan ilhomlanib yaratilgan yumshoq robotni namoyish etdi.
Mazkur robot bodring tanasida yashaydigan o’rgimchakning ichki tuzilishi asosida yaratilgan bo’lib, u turli muhitlarda harakatlana oladi.
Xususan, ushbu texnologiya kichik barmoq o’lchamida bo’lib, u yorug’lik ta’sirida qotib qoladigan qatron ekzoskleti va polipiroldan yasalgan sun’iy mushakdan iborat.
Ta’kidlash joizki, tadqiqotchilar robotdan qidiruv-qutqaruv ishlari va jarrohlik amaliyotida foydalanishni rejalashtirgan.
Abduraimova Mohina tayyorladi.