“OpenAI” kompaniyasining “GPT-4” modeli “Tyuring” test sinovidan o’tdi

Cover Image for “OpenAI” kompaniyasining “GPT-4” modeli “Tyuring” test sinovidan o’tdi

So’ngi yillarda inson hamda robot o’rtasidagi muloqot yangi bosqichga ko’tarildi. Zaruriy ma’lumot va tavsiyalar olish uchun insonlar doimiy ravishda neyron tarmoqlardan foydalanmoqda.

Olimlar jamoasi “Tyuring” test jarayonlari davomida 1960-yilda ishlab chiqarilgan Eliza hamda “GPT-3.5” va “GPT-4” modellaridan foydalandi. Besh daqiqa davom etgan muloqotda insonlar va neyron tarmoq turli sohalarga oid mavzularda suhbatlashdi.

500 kishi ishtirok etgan ushbu sinov mashg’ulotlari natijasiga ko’ra, qatnashchilarning 54 foizi “GPT-4”, 22 foizi “Eliza” hamda 50 foizi “GPT-3.5” modelini inson deb, baholadi.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, “Tyuring” testi 1950-yilda kompyutershunos olim Alan Tyurin tomonidan birinchi marta “taqlid o’yini” sifatida taklif qilingan bo’lib, u mashina va inson aql-idroki o’rtasidagi o’zaro o’xshash va farqli jihatlarni aniqlaydi.