OpenAI kompaniyasi o’zining “GPT-4o” deb, nomlangan yangi SI modelini taqdim etdi.
Mazkur sun’iy intellekt modeli yangi ish stoli va ovozli qidiruv tizimini o’z ichiga oladi. Shuningdek, taqdimot jarayonida ushbu model barcha foydalanuvchilar uchun bepul ekanligi ta’kidlandi.
Xususan, yangi model bir qancha sinov mashg’ulotlaridan muvaffaqiyatli o’tdi. Unga foydalanuvchilarning yuz ifodasini tahlil qilish hamda murakkab matematik misollarni yechib, ovozli rejimda tushuntirish kabi vazifalar yuklatildi va u yuqori natijani qayd etdi.
“Bloomberg” nashrining xabariga ko’ra, OpenAI kompaniyasi o’zining generativ sun’iy intellekt xususiyatlarini Apple’ning iOS operatsion tizimiga kiritish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Choriyeva Charos tayyorladi.