OpenAI kompaniyasi GPT-6 va GPT-7 modellarini ro’yxatdan o’tkazmoqda

Cover Image for OpenAI kompaniyasi GPT-6 va GPT-7 modellarini ro’yxatdan o’tkazmoqda

Chatbotlar yaratish tarmog’i bo’yicha dunyoga mashhur “OpenAI” korporatsiyasi o’zining 6 va 7-avlod GPT modellarini ro’yxatdan o’tkazish uchun ariza berdi.

Kompaniya ushbu modellar uchun arizalarini Xitoyda topshirdi. Hozirda ushbu mamlakatda kompaniyaning xizmatlari mavjud emas ammo tadqiqotchilar yangi modelni aynan shu mamlakatda joriy qilishni rejalashtirmoqda. Ta’kidlash joizki, kompaniya direktori Sem Altman yaqinda tadqiqotchilar guruhi GPT-5 ustida ish olib borayotganini ma’lum qilgan edi.