Onlayn o’yinlar o’yinchi ma’lumotlarini to’plash uchun qora dizaynlardan foydalanishiga sabab nimada?

Cover Image for Onlayn o’yinlar o’yinchi ma’lumotlarini to’plash uchun qora dizaynlardan foydalanishiga sabab nimada?

Internet platformasida keng ommalashayotgan onlayn o’yinlar kino va musiqa industriyasidan ikki baravar ko’p(193 milliard dollarlik) sanoat tarmog’i hisoblanadi. Xususan, ushbu o’yinlar ijtimoiy munosabatlarni yaxshilashga hissa qo’shishi bilan birga o’yinchilarning psixologik va ma’lumotlar xavfsizligiag jiddiy zarar yetkazadi.

Aalto universitetining kompyuter fanlari bo’limi olimlari tomonidan o’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra onlayn o’yinlar orqali o’yinchilarning shaxsiy ma’lumotlarini yig’ishda bir nechta yashirin usullardan foydalaniladi. Masalan o’yinga kirish uchun ro’yxatdan o’tish shartlari, interfeys, elektron pochta ma’lumotlari, shaxsiy hisob va hokazolar.

Ma’lumotlarga ko’ra, o’yinchilarning onlayn o’yinlarga bo’lgan ehtiyojini aniqlashda yuqorida sanab o’tilgan ma’lumotlardan tashqari qo’llanilayotgan qora dizayn ham muhim ahamiyat kasb etadi. Dizayn o’yinchi ma’lumotlarini yig’ishda interfeys ma’lumotlariga tayanadi.

Xususan, onlayn o’yinlarda o’yinchi qanchalik shaxsiy ma’lumotlarini berkitishga urunmasin uning qiziqishi turli xil usullar yordamida aniqlanaveradi. Bu esa o’z navbatida onlayn o’yin yaratuvchi kompaniyalarining auditoriya talabiga mos ommabop o’yin versiyalarini yaratishga imkon beradi.