Ongni magnit yordamida boshqarish amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi

Cover Image for Ongni magnit yordamida boshqarish amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi

Janubiy Koreyalik tadqiqotchilar tomonidan ongni magnit yordamida boshqarish amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi. Jamoa yangi “Nano MIND” tizimi yordamida miyaning xulq-atvor, hissiyotlar va ochlikka ta’sir qiluvchi qismlarini faollashtirib, ularni o’chirish imkoniyatiga ega bo’ldi.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, ushbu tadqiqot sichqonlarda sinovdan o’tkazildi va yuqori ko’rsatkichni qayd etdi. Olimlar ushbu tadqiqot miyaning nevrologik kasalliklarini aniqlash va davolashda yordam berishini ta’kidlashmoqda.