Xitoyning Unitree robo-itlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi H1 odamsimon robotlarni ishlab chiqarishini ma’lum qildi. Robot insonlar singari harakatlanadi va unga tashqi ta’sir ko’rsatganda ham muvozanatni saqlay oladi. Unga 3D LiDAR sensori, chuqurlik kamerasi hamda Intel Core chiplari o’rnatilgan.
Ushbu robotning bo’yi 1.8 metr, og’irligi esa 47 kg ga teng. Ixtirochilar yaqin kelajakda uni takomillashtirishga va narxi 90 ming dollardan past bo’lishiga ishonch bildirishmoqda.