Odamsimon robotning yangi avlodi namoyish qilindi

Cover Image for Odamsimon robotning yangi avlodi namoyish qilindi

Figure kompaniyasi inson ko’rinishidagi robotlarning yangi avlodini namoyish etdi. Ushbu robot insonlarning xatti-harakatlarini yuqori aniqlikda takrorlaydi va turli murakkab vazifalarni bajara oladi.

Mazkur robotning insonlar bilan muloqotini yanada yaxshilash maqsadida “OpenAI” kompaniyasi tomonidan yangi sun’iy intellekt modeli ishlab chiqildi.

Ta’kidlash joizki, hozirgi kunda “Figure 02” robotlari AQSHning yirik avtomobil zavodlaridan birida sinovdan o’tkazilib, undan avtomobillarning ehtiyot qismlarini yig’ishda foydalanilmoqda.