ETH Tsyurix laboratoriyasi tadqiqotchilari tomonidan navigatsiya tizimi o’rnatilgan robotning yangi versiyasi ishlab chiqildi.
Mazkur robot soatiga 20 km masofani bosib o’tish imkoniyatiga ega. Shuningdek, unga ikkita sun’iy neyron tarmog’i o’rnatilgan bo’lib, birinchisi turli muhitlarda harakatlanish, ikkinchisi esa navigatsiya vazifasini bajarishga yordam beradi.
“Ushbu robot besh yillik tadqiqotimizning natijasi hisoblanadi. Uni yaratishimizdan asosiy maqsad eng tez harakatlanuvchi robotni ishlab chiqishdan iborat” deb, ta’kidladi tadqiqotchi Joonho Li.
Tadqiqot guruhi ushbu robotni sinovdan o’tkazdi. Natijada u Shveysariyada joylashgan Tsyurix va Ispaniyaning Sevilya shaharlari bo’ylab, 10 km dan ortiq masofani bosib o’tishga muvaffaq bo’ldi.
Ma’lumot o’rnida, mazkur robot “Team CERBERUS” tomonidan ishlab chiqilgan robot asosida yaratilgan.
Saidova Bahora tayyorladi.