Ma’lumki, muhandislik dizaynlarini yaratishda sun’iy intellektdan foydalanib ishlab chiqarish samaradorligini tubdan yaxshilash mumkin. Ushbu tushunchaning asosli ekanini bir qator tadqiqotchi olimlar o’zlarining tajribalari jarayonida isbotlashga muvofaq bo’ldi deya xabar berdi techxplore.com sayti.
Karnegi Mellonning Mashina muhandisligi kafedrasi dotsenti Kris Makkomb va uning shogirdi, hozirda Re:Build Manufacturing kompaniyasining bosh olimi Glen Uilyams Penn State universiteti tadqiqotchilari bilan hamkorlikda sun’iy intellekt uchun dizayn (DfAI) asosini ishlab chiqdilar.
Sun’iy intellektga asoslangan DfAI muhandislik loyihalash ishini rivojlantirishda mutaxassislar 3 ta asosiy vazifalar bilan muhandislarni yaqindan tanishtirish kerak deb hisoblaydi: 1) sanoatda SI savodxonligini oshirish; 2) SI bilan yaxshiroq integratsiya qilish uchun muhandislik tizimlarini qayta loyihalash; va 3) SI yordamida muhandislik ishlab chiqish jarayonini takomillashtirish.
Yuqorida keltirilgan vazifalarga erishish orqali SI yordamida muhandislikning muvaffaqiyatli dizayn loyihalarini yaratish mumkin.