Miyasiga “Neuralink” chipi o’rnatilgan bemor o’z taassurotlari bilan bo’lishdi

Cover Image for Miyasiga “Neuralink” chipi o’rnatilgan bemor o’z taassurotlari bilan bo’lishdi

Milliarder, texnologiya magnati Ilon Mask kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Neuralink” chipi o’rnatilgan birinchi inson Nolan Arbo bilan bo’lib o’tgan intervyu e’lon qilindi (https://www.businessinsider.com/neuralink-brain-chip-implant-first-human-patient-what-its-like-2024-5).

Endilikda Nolan, ijtimoiy tarmoq va elektron pochtadan faol foydalanmoqda. Shuningdek, u yapon tilini o’rganish, komikslarni o’qish va hattoki ayrim murakkab vazifalarni ham mustaqil ravishda bajara oladi.

Shuningdek, Nolan ushbu chipdan ba’zan kun davomida foydalanishi xususan, bir oy ichida miyaga o’rnatilgan chip uch millimetrga siljigani va faqatgina uning dasturiga tuzatishlar kiritilgani haqida ham ma’lum qildi.

“The Wall Street Journal” nashri xabariga ko’ra, Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi AQSH oziq-ovqat va farmatsevtika idorasidan miyaga chip o’rnatish tajribasini o’tkazish uchun ikkinchi marotaba ruxsat olganini ma’lum qilgan”.

Normo’minova Sevinch tayyorladi.