Tadqiqotchilar tomonidan, miya faoliyatini kuzatadigan AirPods yaratildi. Mazkur quloqchinlarning korpusi va uchlariga biosignallarni va miyaning elektr faolligini o’qiydigan elektrodlar o’rnatilgan.
Mutaxassislarning so’zlariga ko’ra, qurilma turli kasalliklarni aniqlash uchun EKG, EEG, EMG va boshqa signallarni olish imkoniyatiga ega hisoblanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tez orada AirPods’ga haroratni o’lchash funksiyasi ham qo’shiladi.