Misli ko‘rilmagan kuch va noziklik kombinatsiyasiga ega robot tutqichlar yaratildi

Cover Image for Misli ko‘rilmagan kuch va noziklik kombinatsiyasiga ega robot tutqichlar yaratildi

Shimoliy Karolina shtati universiteti tadqiqotchilari 6,4 kilogramm vaznni ko‘tara ooladigan, matoni yig‘ish uchun epchil va bir tomchi suvni olish uchun yetarlicha yumchoq bo‘lgan robot tutqich qurilmasini ishlab chiqdilar.

Ta’kidlanishicha, robot tutqichlarning kuchi odatda yuk va vazn nisbati bilan o‘lchanadi. Tutqichlar 0,4 grammni tashkil etadi va 6,4 kilogrammgacha yuk ko‘tarishi mumkin. Bu esa 16.000 ga yaqin yuk va vazn nisbatiga teng.

Shuningdek, tadqiqotchilar ushlash moslamasini mioelektrik protez qo‘l bilan birlashtirdilar, bunda protez mushaklarning faolligi yordamida boshqariladi. Natijada miolektrik protez bilan birgalikda kitob sahifalarini ochish va uzumlarni uzish jarayonida ishlatish mumkinligini isbotladilar.