Bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining majlislar zalida buyuk olim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bekning 630 yilligi munosabati bilan “Mirzo Ulug‘bek – buyuk mutafakkir olim va davlat arbobi” mavzusida kichik davra suhbati bo’lib o’tdi.
Tadbirda buyuk allomaning ilm-fan, madaniyat va davlat boshqaruvi va astronomiya sohasida qo’lga kiritgan yutuqlari shuningdek, hayot yo’li hamda adabiy merosi va uning bugungi ilm-fan taraqqiyotidagi amaliy ahamiyati muhokama qilindi.
Tadbir yakunida, olimning izchil faoliyati va madaniy merosi bugungi yoshlarni ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish, tarixiy merosni qadrlash va yuksak maqsadlarga intilishga ilhomlantirishi alohida ta’kidlandi.
Ta’kidlash joizki, ushbu tadbir nafaqat tarixiy sanani nishonlash, balki Ulug’bekning o‘gitlari va ilmiy faoliyatini yangi avlodga yetkazish uchun ham muhim hisoblanadi.





