Amerikaning Meta korporatsiyasi matn so‘rovi bo‘yicha musiqa yaratishi mumkin bo‘lgan yangi generativ sun’iy intellekt — MusicGen’ni taqdim etdi. Mazkur sun’iy intellekt (SI) Audiocraft kompaniyasi jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u orqali 12 soniyali instrumental treklarni yaratishi mumkin.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, SI 10 000 dan ortiq litsenziyalangan musiqiy treklardan iborat 20 000 soatli musiqa, shuningdek, Pond5 va Shutterstock media kutubxonalaridan 390 000 ta bepul instrumental kompozitsiyalar bo‘yicha o‘qitildi.
Ta’kidlanishicha, yaxshiroq natijaga erishish uchun namuna sifatida biror qo‘shiqni yuklab, shunga o‘xshash kompozitsiya yaratishni SIdan so‘rash mumkin. MusicGen’ni Hugging Face veb-saytida bepul sinab ko‘rish imkoniyati mavjud.