Ispaniya Milliy tadqiqot kengashi mashina o’rganish tizmini yanada kuchaytirish orqali suvosti robotlarini obyektlarni aniqlash tizmini takomillashtirdi. Bu haqida techxplore.com sayti o’zining rasmiy sahifasida xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi vaqtda suvosti robototexnikasi okeanlarni tadqiq qilishda 4000 metrgacha chuqurlikka tushish imkoniyatiga ega bo’lib, mazkur chuqurlikda obyektlarni aniqlash bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi.
Ushbu tizimni rivojlantirishda neyron tarmoqlar Yevropadagi eng kuchli Barselona Superkompyuter Markazida (BSC-CNS) kompyuteri yordamida ma’lumotlar o’qitildi. Natijada suvosti robotlarni okean chuqurligidagi ma’lumotlarni aniqlash tizimi yanada kuchaydi.