Mashina o’rganish modeli dunyodagi eng jozibali yuz egalari reytingini tuzdi

Cover Image for Mashina o’rganish modeli dunyodagi eng jozibali yuz egalari reytingini tuzdi

Tehrondagi Islomiy Azad universiteti tadqiqotchilari turli inson yuzlarining tasviridagi jozibadorligini baholash uchun yangi mashina o’rganish modelini yaratdilar.

“International Journal of Cognitive Computing in Engineering” jurnalida chop etilgan maqolada ushbu model insonlarning tashqi yuz ko’rinishidagi jozibadorligini baholab, ularning reytingini tuzishga erishdi.

Tajriba jarayonida dunyodagi eng goʻzal 100 ta ayol hamda De Bryun jamoasi tomonidan 18 yoshdan 54 yoshgacha bo’lgan erkaklar va ayollarning tasvirlar to’plamidan foydalanildi.