AQSHdagi Bryus Myurrey Kaliforniya sayyoralarni tasvirlash laboratoriyasining olimlari hozirgi kunga qadar eng mukammal Marsning 3D globusini ishga tushirdi. Globus sayyoradagi roverlar orasida tezkor harakatlanish uchun panel bilan jihozlangan. Globus interaktiv bo‘lgani uchun uni aylantirish va xarita mashtabini o‘zgartirish mumkin.
Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, xaritada qutb muzliklari, tog‘lar va uzoq vaqt davomida faol bo‘lmagan vulqonlar, taxminan 3,5 milliard yil avval suyuq suv bilan to‘lib toshgan qadimgi daryo, ko‘l va vodiy qoldig‘i ko‘rsatilgan. Xarita sayyorashunos olimlarga Marsning iqlimi uzoq yillar davomida qanday o‘zgarganini yaxshiroq tushunishga yordam berishi mumkin
Ma’lumot o’rnida aytish joizki, avvalroq Birlashgan Arab Amirliklari olimlari Marsning xaritasini yaratgan edi.