Lazerga yo’naltirilgan energiya to’planishini tuzatishning yangi “raqamli egizak” texnologiyasi ishlab chiqildi

Cover Image for Lazerga yo’naltirilgan energiya to’planishini tuzatishning yangi “raqamli egizak” texnologiyasi ishlab chiqildi

Tokio fan universiteti tadqiqotchilari tomonidan lazerga yo’naltirilgan energiyani to’plash texnologiyasi (LDED) ishlab chiqarildi.

Ma’lumki, an’anaviy metall 3D-bosma ishlab chiqarishda metall zarralarini eritish va ularni birlashtirish uchun lazer yoki elektron nurlari bilan nurlanadigan mexanik yotqizilgan kukunli qatlamning sirtidan foydalaniladi. Biroq, bu usul katta hajmdagi ishlab chiqarish uskunalarini talab qiladi hamda ishlab chiqarish jarayonidan keyin katta miqdordagi metall kukunlari utilizatsiya qilinadi. Ammo olimlar yaratgan texnologiya mazkur muammolarni oson bartaraf etdi deya xabar berdi techxplore.com sayti o’zining rasmiy sahifasida.

Olimlarning fikriga ko’ra 3D ishlov berish raqamli tahlil tizimi ta’mirlanadigan metallni birlashtirishga asoslangan yadroli ishlov berish texnologiyasi ya’ni raqamli egizak sanoatnig barcha sohalarida keng qo’llanilishi mumkin.