Xalqaro olimlar jamoasi ekranlardan ko‘k nurni to‘sib qo‘yuvchi “kompyuter ko‘zoynaklari” xususiyatlarini sinovdan o‘tkazdi va ular aslida ko‘zni himoya qilish uchun foydasiz degan xulosaga keldi.
Melburn universiteti (Avstraliya), Monash universiteti (Avstraliya) va London Siti universiteti (Buyuk Britaniya) tadqiqotchilari olti mamlakatdagi hamkasbining 17 ta maqolasini o‘rganib chiqdi. Tadqiqot ko‘lamiga qarab, 5 nafardan 156 nafargacha kishi bir kundan besh haftagacha kuzatib borildi.
Ma’lum bo‘lishicha, ularning hech birida ko‘k nurni to‘suvchi ko‘zoynakning samarali ekani haqida ishonchli dalillar yo‘q. Ular ko‘zning umumiy holatiga ta’sir qilmaydi, uyqu sifatini yaxshilamaydi va reklamalarda aytilganidek, ko‘zning vizual qobiliyatini oshirmaydi.