Kognitiv olimlar tilni tushunishdagi qiyinchiliklarni tushuntiruvchi yangi modelni ishlab chiqdilar

Cover Image for Kognitiv olimlar tilni tushunishdagi qiyinchiliklarni tushuntiruvchi yangi modelni ishlab chiqdilar

MITning Miya va Kognitiv Fanlar Departamenti tadqiqotchilari tomonidan olib borilgan yangi izlanish tilni tushunishdagi qiyinchiliklar uchun yaxshi yechim taklif etadi.

Mashinani o’rganish sohasidagi so’nggi yutuqlarga asoslanib, tadqiqotchilar insonlarning nutq jumlalarni ishlab chiqishidagi o’zgarishlarni tahlil qiladigan modelni ishlab chiqdilar.

Mazkur model odamlarning jumlalarni qanchalik yaxshi ishlab chiqishi va tushunishini taxmin qiladi. Ushbu taxmin bizning lingvistik xatti-harakatlarimizga mos keladimi yoki yo’qligini baholash uchun tadqiqotchilar neyron tarmoqlarini modellashtirishga asoslangan SI tabiiy til vositasi GPT-2 dan foydalandi.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, olimlar ushbu modeldan kelajakda robotlarning nutq boyligini oshirishda unumli foydalanishni maqsad qilgan.