O‘tgan yil davomida sun’iy intellekt matn va tasvir vositalarida sezilarli yutuqlarga erishdi. Biroq, norvegiyalik olimlar chuqurroq inqilob sodir bo‘layotganini ta’kidlashmoqda. Shunday qilib, 2029 yilga borib quyidagilar bashorat qilinmoqda:
1. Yangi qurollanish poygasi. Kelgusi besh yil ichida biz SI tomonidan yaratilgan tobora takomillashtirilgan qurollarni ko‘rishimiz mumkin. Mutaxassislar fikricha, Xitoy bu poygada g‘olib chiqadi.
2. SI tomonidan yaratilgan san’at asarlari. Besh yil ichida SI nafaqat filmlar, musiqalar, kitoblar va video o‘yinlar yarata oladi, balki yangi standartga aylanadi.
3. Ma’ruza va imtihonlar eskiradi. “Nega biz sun’iy intellekt bizdan yaxshiroq ishlaydigan narsani sinab ko‘rishimiz kerak? Kollejlar va universitetlar mavjud bo‘lsa-da, ular bugungi kundagidek bo‘lmaydi”.
4. SI muhim qarorlarni qabul qilishda ishtirok etadi. Biz allaqachon to‘y nutqlari va konspektlarini yozish bo‘yicha maslahat olish uchun ChatGPT’ga murojaat qilmoqdamiz. Yaqin kelajakda SIga siyosatchilar ham yordam uchun murojaat qilishadi.
5. Mehnat bozori inqilobi. 5 yil ichida inson aralashuvini talab qiladigan vazifalar kamroq bo‘ladi. Biroq, odamlarning ishi yanada mazmunli bo‘ladi. Ammo ishchilar sun’iy intellekt bilan almashtirilsa, bundan kim foyda ko‘rishi muammodir.
6. Dasturlash o‘tmishda qoladi. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bir necha yil ichida kasb sifatida yo‘qoladi. Ammo ijtimoiy tarmoqlarni dasturlashni biladigan mutaxassislar hali kerak bo‘ladi.
7. SI tibbiyotda. Nanorobotlar shikastlangan mushaklar va to‘qimalarni yoki o‘smalarni davolashda ko‘proq imkoniyatlarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, SI qarishga qarshi kurashda ham yordam beradi.
8. Koinotni tadqiq qilish. SI sayyoralararo tadqiqotlar uchun juda mos keladi. Ilon Mask esa bunda birinchilardan bo‘ladi.
9. SIning ko‘p vazifalarni bajara olishi. Hozirgi vaqtda SI inson miyasi kabi ko‘p vazifali emas. Biroq, 2029 yilga kelib sun’iy intellektning turli shakllarini birlashtirgan narsa paydo bo‘ladi.
10. Sun’iy intellektli yordamchilar. Sizning istaklaringizni aytishdan oldin bashorat qiladigan raqamli yordamchilarga tayyor bo‘ling.