Italiya texnologiya instituti tadqiqotchilari yomg‘ir chuvalchanglaridan ilhomlanib yangi yumshoq robotni yaratdi.
Mazkur prototip Ilmiy hisobotlarda tasvirlangan hamda u yer osti tadqiqotlari uchun qurilmalarni ishlab chiqish, shuningdek , cheklangan joylarda qidiruv va qutqaruv operatsiyalarini amalga oshirish shu jumladan, boshqa sayyoralarni tadqiq qilish uchun mo’ljallangan.
Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, robotni tekis yuzada harakatlanishi uchun qorin yuzasiga yomg’ir qurtlaridan ilhomlangan kichik passiv ishqalanish yostiqchalari biriktirilgan.
Xususan, ushbu robot 1,35 mm/s tezlikda harakatlana oladi. Shuningdek, Olimlar yumshoq robotdan kelajakda yer osti tadqiqotlari uchun yanada qulay qilib jihozlash borasida izlanishlar olib bormoqda.