Edinburg universiteti olimlari tomonidan kasalxonada davolanayotgan keksa bemorlarga sifatli xizmat ko’rsatishda yordam beradigan robot yaratildi.
Mazkur robotlar kasalxona xodimlariga yordamchi vazifasini bajaradi. Shuningdek, u bemorlarni kutib olish, ular bilan suhbatlashish va savollarga javob berish imkoniyatiga ega.
Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, ushbu robotlardan foydalanish infeksiya xavfini kamaytiradi hamda shifokorlarning mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladi..