Kasalliklarni aniqlashga mo’ljallangan kapsula yaratildi

Cover Image for Kasalliklarni aniqlashga mo’ljallangan kapsula yaratildi

Massachusets texnologiya instituti tadqiqotchilari inson organizmidagi kasallik belgilarini aniqlaydigan kapsulani ishlab chiqdi.

Ushbu kapsulani iste’mol qilgandan so’ng bemorning oshqozon-ichak yo’llaridagi o’zgarishlarni kuzatish shuningdek, astma hamda surunkali o’pka kasalliklarini aniqlash mumkin. Xususan, ushbu tadqiqot 10 nafar bemorda sinovdan o’tkazilgan bo’lib, kapsula yordamida ularning nafas olishidagi kasalliklariga to’g’ri tashxis qo’yilgan. Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, tadqiqotchilar bugungi kunda kapsulani yanada takomillashtirish ustida ish olib bormoqda.