Jurnalistlar uchun foydali neyrotarmoqlar ro’yxati

Cover Image for Jurnalistlar uchun foydali neyrotarmoqlar ro’yxati

“Copilot”- Microsoft kompaniyasi tomonidan yaratilgan bo’lib, matnli tavsiflar asosida rasm generatsiya qiladi. Ushbu dasturning mobil ilovasini “Appstore” hamda “Google Play”dan yuklab olishingiz mumkin. Ilovani ishga tushirish uchun elektron pochta orqali ro’yxatdan o’tish kerak bo’ladi.

“Switch Light Mobile”- neyrotarmog’i kreativ suratlar tayyorlash uchun yordam beradi. Unga kerakli suratni yuklash orqali undagi shakl, fon va obyektlarni yangidan yaratishingiz mumkin.

Heygen.com – Videomateriallarni tarjima qilish uchun mo’ljallangan bo’lib, tarjima jarayonida yuz ifodasi hamda ovoz ohanglari saqlanib qolinadi.  Bu foydalanuvchilarga xususan media sohasi vakillariga ko’plab qulayliklarni yaratib beradi.

Lumalabs.Al- 3D formatdagi videolar yaratish hamda dron kadrlar effektini chiqarib beruvchi dastur. Neyrotarmoq videolarning sifatini oshirish va formatini o’zgartirish kabi vazifalarni ham bajaradi.

Tutorai.Me – onlayn assistant. Neyrotarmoq sizning qiziqishlaringiz va vazifalaringizni tahlil qiladi va sizga kerakli ma’lumotlarni yig’ishda yordamchi vazifasini o’taydi. Shuningdek, undan ma’lumotlarni tahlil qilish va manbalar bilan ishlashda foydalanish mumkin.

Canva\ gamma.app platformalari yordamida qisqa fursatda infografikali materiallar va taqdimotlar yaratishingiz mumkin.