Alikante universiteti tadqiqotchilari tomonidan ispan imo-ishora alifbosini talqin qiladigan birinchi dasturni ishlab chiqdi. Sign4all deb nomlangan ushbu ilova eshitish qobilyatida nuqsoni borlar hamda sog’lom insonlar o‘rtasidagi muloqotni yaxshilaydi. Xususan, mazkur ilova yordamida shifoxona hamda restoranlardagi tushunmovchilikni bartaraf etishi mumkin.
Mutaxassislarning so’zlariga ko’ra, ushbu ilovani internetdan yuklab olib mobil telefon yoki planshetning kamerasidan foydalangan holda amalga oshirish mumkin. Ta’kidlanishicha, mazkur Sign4all ilovasi ko‘plab sinovlardan so’ng ispan imo-ishora alifbosining 80% aniqlik bilan izohlashga muvaffaq bo‘ldi.