Ish vaqtida stressda bo’lgan xodimlar ko’proq fishing xabarlar qurboniga aylanadi

Cover Image for Ish vaqtida stressda bo’lgan xodimlar ko’proq fishing xabarlar qurboniga aylanadi

Tinch okeani shimoli-g’arbiy milliy laboratoriyasida o’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, inson stress vaqtida boshqalarga qaraganda fishing xabarlar ta’siriga tushish ehtimoli ortadi.

Olimlar 153 nafar kompaniya xodimlaridan iborat guruh bilan birgalikda tajriba o’tkazdi. Yakuniy natijalarga ko’ra, ish davomida turli bosim va stress ta’sirida bo’lgan xodimlar kiber hujumlarning qurboniga aylanishi ma’lum bo’ldi.

AQSH hukumati bergan ma’lumotlarga ko’ra fishing xabarlarning tarqalishi har yili millionlab insonlarni xonavayron qiladi. Xususan, soxta xalqaro banklar tomonidan taqdim etilyotgan foizsiz kredit havolalari shunday xabarlar sirasidan.

Tadqiqot guruhi mazkur holatni oldini olish uchun kompaniyalar ish faoliyati davomida qo’llashi mumkin bo’lgan strategiyani ishlab chiqdi. Ushbu strategiya xodimlarning tanqidiy tafakkurini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, samarali natija beradi.