Kuni kecha Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining majlislar zalida 7 may – Aloqachilar kuni munosabati bilan tadbir tashkil qilinib, unda bir qator xodimlar taqdirlandi.
Tadbirni institut direktori Anvarxodja Kadirov ochib berdi va barcha xodimlarni bayram munosabati bilan samimiy tabrikladi.
Tadbir so’ngida institutda samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh xodimlar esdalik sovg’alari hamda tashakkurnoma bilan taqdirlandi.



