Bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti majlislar zalida, institut professorlari Shavkat Fozilov hamda Normahmad Ravshanovlarning tavallud ayyomlariga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.
Ushbu tadbirni institut direktori A.Kadirov ochib berdi hamda ustozlarni muborak yoshlari bilan tabriklab, ularga uzoq umr, sihat-salomatlik, ilmiy izlanishlariga muvaffaqiyat tiladi.
Tadbir davomida ustozlarini tabriklash uchun yig’ilgan shogirdlari bir-biridan qiziq chiqishlar qildi. Shuningdek, tadbir yakunida ustozlar faoliyatiga doir videoroliklar namoyish etildi.

