Tadqiqotchilarning so’zlariga ko’ra, futbol o’yinini tomosha qilish uchun stadionga borsangiz o’n minglab insonlar bir vaqtning o’zida mobil telefonlardan foydalanadi. Ma’lumki bu esa aloqani yomonlashishiga olib keladi hamda qurilmaning ishlashini sekinlashtiradi va batareyaning ortiqcha energiya sarfini keltirib chiqaradi.
MIT tadqiqotchilari tomonidan signallarni ishlashiga zarar bermasdan nishonga oladigan va boshaqa signallarni bloklaydigan chip dizaynini ishlab chiqdi. Mutaxassislarning so’zlariga ko’ra, mazkur chip qabul qilinuvchi signalni qayta ishlaydi hamda yuqori quvvatli kiruvchi signallarni bloklaydi. Ushbu qurilma, boshqa qabul qiluvchilarga qaraganda qariyb 40 baravar yaxshiroq samara beradi.
Shuningdek, ushbu chip hech qanday qo’shimcha apparat yoki sxemani talab qilmaydi. Bu esa chipni keng miqyosda ishlab chiqarishni osonlashtiradi