Inson yurak urishini aniqlaydigan SI lazer stetoskoplari yaratildi

Cover Image for Inson yurak urishini aniqlaydigan SI lazer stetoskoplari yaratildi

Glazgo universiteti tadqiqotchilari sun’iy intellekt va kvant texnologiyalaridan foydalangan holda, insonlarning yurak urishini masofadan turib aniqlay oladigan lazerli kamerani ishlab chiqdi.

Mazkur lazer stetoskoplar sekundiga 2000 kadr tezlikda tasvirlarni yozib olish imkoniyatiga ega kamera bilan jihozlangan. Xususan, lazer nurlari insonning tomoq qismidagi asosiy arteriyaning kengayishi va qisqarishi natijasida yurak urishini aniqlaydi.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, ushbu texnologiya sun’iy intellekt yordamida ishlaydi shuningdek, tadqiqot guruhi uni takomillashtirish ustida ish olib bormoqda.