Rossiyadagi Skolkovo Fan va Texnologiya Instituti tadqiqotchilari yaqinda inson va robotlarning xavfsizroq va samarali o’zaro ta’sirini ta’minlaydigan harakatni suratga olish tizimini ishlab chiqdilar. Mazkur robot tizimi kameraga asoslangan bo’lib, tasvirni yanada boyitishga hissa qo’shishi mumkin. tadqiqotchilar tomonidan taqdim etilgan “mocap” tizimi ular ishlab chiqqan avvalgi ikkita texnologiya asosida yaratilgan.
Birinchisi, CobotGear deb, nomlangan tizim bo’lib , u inson qo’lining harakatini kuzatish uchun 6-DoF taqiladigan kameradan foydalanadi;
Ikkinchisi, CoHaptics, foydalanuvchilarga robotgacha bo’lgan masofa haqida ma’lumot berish tizimi.
Ma’lumotlarga ko’ra, ushbu tizim yordamida inson va robot hamkorlikda amalga oshirishi mumkin bo’lgan ishlarda xavfsizlikni ta’minlaydi.